Kaliforniya shtatining Yolo okrugiga qarashli Esparto shahrida pirotexnika vositalari saqlanadigan omborda yong‘in chiqdi. Yong‘in vaqtida bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi va binolarning katta qismi zararlangan. Bu haqda Cal Fire va mahalliy OAV xabar bermoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, havoda bir necha yuz kilogrammgacha pirotexnika portlab, tutun osmonga 5 kilometrgacha ko‘tarilgan. Kuchli portlashdan so‘ng, binoda yana bir nechta portlashlar qayd etilgan. Bir necha soat ichida qutqaruvchilar olovni to‘xtata olmagan. Maʼlum qilinishicha, alanga 40 ta futbol maydoniga teng maydonni qamrab olgan. O‘chirishga aviatsiya jalb qilingan.
Mahalliy hokimiyat yaqin atrofdagi aholi punktlarida shoshilinch evakuatsiya eʼlon qildi. Jabrlanganlar haqida hozircha maʼlumot berilmagan, portlash sababi esa, aniqlanmoqda.


