Avstraliyalik model Jessika Leyn “Miss Earth” tanlovida g‘olib chiqdi.
Tanlovda 76 ta davlatdan vakillar ishtirok etdi. Finalda to‘rtta g‘olib tanlandi - har bir element uchun bittadan, ammo Miss Earth eng sharafli deb hisoblanadi. U avstraliyalik 21 yoshli Jessika Leynga nasib qildi. AQSH vakili Miss Water, islandiyalik Miss Air, Perulik Miss Fire unvonini oldi.
Avstraliya uchun bu g‘alaba tarixda birinchici bo‘ldi. Jessika Leyn Sunshine Coast universitetida jurnalistika va adabiy ijod yo‘nalishlarida tahsil oladi.


