Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Zamon.uz'ga maʼlum qilishicha, endilikda majburiy badal yoki "kvartplata" to‘lovining minimal narxi davlat tomonidan belgilanadi. Taʼkidlanishicha, narxlar uylarni real saqlash xarajatlaridan kelib chiqishi kutilmoqda.
Bunda ko‘p qavatli kvartiralarning qavati, lifti bor yoki yo‘qligi inobatga olinishi belgilangan. Demak, minimal tarifni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi belgilab beradi, mulkdorlar ko‘prog‘ini xohlasa narx kelishilgan holda oshib boraveradi.
Yaqin kunlarda tasdiqlanishi kutilayotgan bu yangilik bizga nima beradi? Har holda “dom”larni yaxshi saqlashda boshqaruv tashkilotlari oldiga qo‘yilgan vazifa va talablar bor.
P.S.: “JEK”chilar bu talablarga qanchalik amal qilishi esa alohida mavzu.


