Markaziy bank 2023-yil 1-mayidan boshlab “Anglesey Food”ga qarashli “Korzinka.uz” supermarketlaridagi kassalar orqali bank kartalardagi pullarni vaqtincha naqdlashtirish mumkinligini tasdiqladi.
Supermarketlar tarmog‘ida bu jarayon sinov tariqasida olib borilmoqda va 1 noyabrga qadar davom etadi.
Markaziy bank sinovdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar qo‘shimcha eʼlon qilinishini taʼkidlagan.


