1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

FIDE reytingida O‘zbek shaxmatchilari nechanchi o‘rinda?

Yangilangan jahon reytingida 3 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster joy olgan.

FIDE reytingida O‘zbek shaxmatchilari nechanchi o‘rinda?

 

Jahon shaxmat federatsiyasi may oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 3 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

 

Reytingda Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oydagi o‘rnini saqlab qoldi. Javohir Sindorov 60-o‘ringa tushib ketdi. U may oyi uchun qayd etilgan reytingda 50-o‘rinda edi. Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (43-o‘rin) ham o‘rin olgan. Avvalgi oyda 72-o‘rinda qayd etilgan Nodirbek Yakubboyev kuchli 100 likni tark etgan.

 

Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda 1-o‘rinda qayd etilgan. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov 6-o‘rinni egallab turibdi. U may oyida 8-o‘rinda qayd etilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика