1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Fransiya chempionatining nomi yangi mavsumdan boshlab o'zgaradi

Bunga yulduzlarning chempionatni tark etishi sabab bo'lmoqda.

Fransiya chempionatining nomi yangi mavsumdan boshlab o'zgaradi

 

Fransiya chempionati kelasi mavsumdan boshlab rasmiy nomini o‘zgartiradi. Musobaqa “Uber League 1” o‘rniga “McDonalds League 1” deb nomlanadi.

 

Manbaga ko'ra, McDonalds Fransiya chempionatiga bu huquq uchun yiliga 20 million yevro to'laydi. Avvalgi hamkor Uber yiliga 15 million yevro pul sarflagan. Biroq, Lionel Messi va Neymar kabi asosiy yulduzlar Liga 1dan ketganidan keyin, shuningdek, Kilian Mbappening transfer ehtimoli yuqori bo'lganidan so'ng, Uber yangi mavsum uchun taklifini qisqartirdi. Shundan so'ng, Fransiya chempionati yangi hamkorlar izlashni boshladi va McDonalds yirik tez ovqatlanish tarmog'i bilan kelishuvga erishdi.

 

Qayd etilishicha, kelishuv rasman e'lon qilinmagan, chunki tomonlar haligacha barcha huquqiy masalalarni hal qilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика