1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiya va Ukraina birinchi xonimlari uchrashdi

Yelena Zelenskaya Parijga keldi.

Fransiya va Ukraina birinchi xonimlari uchrashdi

 

Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskaya Fransiyaga tashrif buyurdi va u yerda prezident Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbarining rafiqasi Instagram’da ma’lum qildi.

 

"Fransiyaning birinchi xonimi Brijit Makron mening nafaqat hamkasbim, balki men va Ukrainaning do'sti ham. Fransiya Respublikasining birinchi xonimiga va butun mamlakatga bosqinchiga qarshi kurashimizda koʻrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdim", — dedi Zelenskaya.

 

Vladimir Zelenskiyning rafiqasi yaqin kunlardagi rejalar haqida ham gapirdi.

 

"Yaqin kunlarda bizni gavjum ish taqvimi kutmoqda. Dasturning bandlaridan biri vaqtinchalik muhojirlar oilalaridagi ukrainalik bolalar tahsil olayotgan Parij maktabiga birgalikda tashrif buyurishdir. Men Parij maktablarida ukrain tilini rasmiy o‘rganish boshlanganidan xursandman", - deydi birinchi xonim.

 

Fransiya hukumati hatto ukrain tilini o‘rgatish uchun virtual sinflar ham yaratgan. 

 

Makron xonim ukrainalik ayollarning sabri, matonati  va jasorati haqida gapirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика