1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasini moddiy qo‘llab-quvvatlamoqchi

Mask har oy 45 million dollar xayriya qilishga tayyor.

Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasini moddiy qo‘llab-quvvatlamoqchi

The Wall Street Journal nashri manbalariga ko‘ra, mablag‘lar America PAC tashkiloti orqali amalga oshiriladi. Avvalroq Bloomberg Mask ushbu tashkilotga yashirincha katta miqdorda xayriya qilgani haqida xabar bergan edi. 

 

America PAC Trampning saylov kampaniyasi bilan bevosita bog‘liq emas, lekin saylov targ‘iboti bilan shug‘ullanadi va ommaviy axborot vositalarida maxsus materiallarni joylashtiradi. WSJ maʼlumotlariga ko‘ra, America PAC, shuningdek, o‘zgaruvchan shtatlarda saylovchilarni ro‘yxatga oladi va ularni muddatidan oldin ovoz berishga ko‘ndiradi.

 

Bloomberg agentligigining qayd etishicha, Mask AQSHning sobiq prezidentiga elektromobillar va kriptovalyutalar masalalari bo‘yicha maslahatlar ham berib turadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика