“Inter” agar klubning amaldagi bosh murabbiyi Simone Indzagi o‘z lavozimini tark etsa, bosh murabbiylikka bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Tuttomercatoweb” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Inter”ga eng yaxshi nomzod “Bolonya”ning amaldagi bosh murabbiyi Tiago Motta hisoblanadi. Shuningdek, Italiya klubi “Brayton” bosh murabbiyi Roberto De Zerbi va “Liverpul” ustozi Yurgen Kloppning nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, Indzagi mavsum yakunida klub Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, “Inter”dagi faoliyatini to‘xtatishi mumkin.
24-turdan keyin “Inter” Italiya chempionati turnir jadvalida 47 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Napoli”dan 18 ochko ortda qolmoqda.


