Yaqinda jamoani qabul qilib olgan Xavi “Barselona"ning kelajagi haqida qaror qabul qilishdan oldin Filippe Koutinyo bilan gaplashib olmoqchi.
Futbolchining o‘zi esa qishgi transferlar oynasida jamoadan ketishni istamayapti. U mavsumni “Barselona” safida yakunlamoqchi. Agar, klubda ishlari yurishib ketmaydigan bo‘lsa, yozda boshqa variantlarni o‘rganib chiqishga qaror qilgan.
Maʼlumot o‘rnida: “Ko‘k-anorranglilar”ning sobiq ustozi Ronald Kuman ushbu mavsum 29 yoshli yarim himoyachiga o‘ynash uchun imkoniyat bergandi, biroq yarim himoyachi “Barsa”ning asosiy tarkibidan joy ololmadi.
Avvalroq “Barselona” yangi transferni amalga oshirmoqchiligi va ushbu klubda norozichilik boshlangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


