1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Liverpul” tarkibiga Gruneveldni qo‘shib olmoqchi

“Liverpul” “Vilyarreal” hujumchisi Arno Danjuma Gruneveldni sotib olishni rejalashtirmoqda.

“Liverpul” tarkibiga Gruneveldni qo‘shib olmoqchi

 

“Mersisaydliklar” yozda Gruneveldni jamoaga qaytarib olmoqchi edi. Аmmo “Vilyarreal” futbolchi uchun kurashda g‘alaba qozongandi. Biroq, klub rahbariyati Gollandiya terma jamoasi futbolchisi borasidagi rejalaridan voz kechmayapti.

 

Danjuma shu yozda “Bornmut”dan “Vilyarreal”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda hujumchi ispan jamoasi safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Xabar qilinishicha, “Real Sosedad” yarim himoyachisi Mikel Merino ham faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin. Ispaniyalik futbolchining shartnoma imzolanishi bilan inglizlar bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Liverpul”ning o‘rta chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

 

Avvalroq Klopp “Liverpul” tarixida yangi rekord o‘rnatgani va Muhammad Saloh afsonaviy futbolchi Stiven Jerrard rekordini takrorlagani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика