"Barselona"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski hozirda kimlarni dunyoning eng yaxshi futbolchilari deb bilishini ma'lum qildi.
"Buni aytish qiyin, chunki bizni hali Yevropa chempionati va Chempionlar ligasining so‘nggi hal qiluvchi o‘yinlari kutib turibdi. Ammo hozirda Kilian Mbappe va Jude Bellingem men uchun dunyoning eng ko'zga ko'ringan o'yinchilaridir", - dedi Levandovski.
Levandovski "Barselona"da 2022-yildan buyon o'ynab kelmoqda. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2026-yilgacha mo'ljallangan. Ayni damda futbolchining transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.


