“Xavi ajoyib inson, u yaxshi murabbiy sifatida jamoada ishlay olishiga ishonaman. U “Barselona” klubini yoshlarga imkoniyat bergan holda, yana-da kuchaytira oladi”.
Xavi “Barselona”ni noyabr oyining boshida qabul qilib olgandi. 41 yoshli mutaxassisning “ko‘k-anorranglilar” bilan shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, u futbolchilik faoliyati davomida 1998-yildan 2015-yilgacha “Barselona” sharafini himoya qilgan. Xavi boshchiligidagi “Barselona” klubi dastlabki o‘yinda Ispaniya chempionatining “Espanyol”ga qarshi bellashuvida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Avvalroq Koutinyo “Barselona”dan ketmoqchi emasligi va kataloniya klubida norozichilik boshlangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


