"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 20 yoshli germaniyalik futbolchi uchun "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari da'vogarlik qilmoqda. Myunxenliklar safini tark etishga tayyor bo'lgan yarim himoyachining o'yinini ikkala klub ham kuzatib borishmoqda.
Musiala “Bavariya”da uch yildan beri o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi “Bavariya” safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Myunxen klubi bilan shartnomasi 2026-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra futbolchining taxminiy narxi 110 million yevroni tashkil qiladi.


