1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

O‘zbek taekvondosida yangi tarix: "Fujayra Open" turnirini sportchilarimiz 10 ta medal bilan yakunladi

Ularning 6 tasi oltin.

O‘zbek taekvondosida yangi tarix: "Fujayra Open" turnirini sportchilarimiz 10 ta medal bilan yakunladi

 

Birov avval terma jamoamizning yetti nafar aʼzosi musobaqa finaliga yo‘l olgandi.

 

Quvonarlisi, ularning 6 nafari finalda g‘alaba qozongan holda birinchi o‘rinni egalladi. -74 kg vazn toifasidagi hal qiluvchi bellashuv esa hamyurtlarimiz Ulug‘bek Rashitov va Najmiddin Qosimxojiyev o‘rtasida kechdi. Bu bahsda Rashitov oltin, Qosimxojiyev esa kumush medalga ega chiqdi.

 

Shunday qilib, terma jamoamiz "Fujayra Open-2024" turnirini yuqori kayfiyatda, aʼlo natijalar bilan yakunladi.

 

🥇Oltin:

 

Jahongir Xudoyberdiyev (-54 kg)

 

Diyorbek To‘xliboyev (-68 kg)

 

Ulug‘bek Rashitov (-74 kg)

 

Jasurbek Jaysunov (-80 kg)

 

Ozoda Sobirjonova (-67 kg)

 

Iroda Mirtojiyeva (+73 kg)

 

 

🥈Kumush:

 

Najmiddin Qosimxojiyev (-74 kg)

 

 

🥉Bronza:

 

Mavlonbek To‘xtasinboyev (-80 kg)

 

Nikita Rafalovich (+87 kg)

 

Feruza Sodiqova (-67 kg).

 

Shu tariqa, milliy terma jamoamiz "Fujayra Open-2024" xalqaro turnirini 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medal bilan yakunladi.

 

Zamon.uz cayti yangi tarix yaratayotgan taekvondochilarimiz, murabbiylar shtabi va siz aziz muxlislarni ushbu natija bilan tabriklaydi!

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика