1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

O‘zbekistonning boy berilgan pansionatlari yana o‘ziga taklif qilinmoqda

Qirg‘iziston tomoni investorlar har bir obyektga 15−20 million dollar sarmoya kiritishini kutmoqda.

O‘zbekistonning boy berilgan pansionatlari yana o‘ziga taklif qilinmoqda

 

Issiqko‘ldagi sobiq “Dilorom” pansionati o‘zbekistonlik investorlarga foydalanishga topshirilishi mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mulkini boshqarish davlat agentligi direktori Kanatbek Turg‘unbekov xabar berdi.

 

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Qirg‘izistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi “Ene-Say” (sobiq “Dilorom”) pansionatiga tashrif buyurib, uni ko‘zdan kechirgan.

 

Pansionatni investorlar ixtiyoriga berish rejalashtirilgan.

 

“Dilorom” (Ene-Say), “Oltin qum” (Bosteri) va “Rohat” (Altin-Jay) pansionatlarimizga sarmoya jalb qilish masalasi bor. Yaʼni ular sarmoya kiritadi va boshqaradi", — dedi Turg‘unbekov.

 

Qirg‘iziston tomoni har bir pansionat uchun 15-20 mln dollar miqdorida sarmoya kiritishni kutmoqda.

 

"Bular ish joylari, 4-5 yulduzli mehmonxonalar. Biz hammasidan mamnunmiz. Ular kelishsin, qurishsin", — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Davlat agentligi direktori Ozarbayjon bilan Issiqko‘l qirg‘og‘ida 5 yulduzli mehmonxona qurish bo‘yicha qo‘shma loyihani ham esladi.

 

"Endi pansionatlarni faqat foydalanish uchun beramiz. Issiqko‘lni hech kimga bera olmaymiz", — deya xulosa qildi u.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика