Katta ehtimol bilan Yevropada ushbu yoshdagi bolalarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berilishi mumkin.
Kompaniyalar agentlikka kerakli maʼlumotlar, jumladan, tadqiqotning keyingi bosqichlari natijalarini ham taqdim etgan.
Pfizer va BioNTech vaksinalari olti oylikdan 11 yoshgacha bo‘lgan 2200 nafardan ortiq bolada sinab ko‘rildi. Bolalar uchun odatda kattalarga nisbatan kichikroq doza qo‘llaniladi. Tadqiqot natijalari bolalarda "kuchli immunitet reaksiyasi"ni ko‘rsatdi, ishlab chiqaruvchilar vaksina bolalar uchun xavfsiz ekanligiga ishontirmoqda.
Avvalroq AQSH Prezidenti Jozef Bayden shtatlar 5-11 yoshli bolalarni pandemiyaga qarshi emlashni boshlashga tayyorligini aytgandi. Rasmiylar Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasining bu boradagi qarorining yakuniy tasdig‘ini kutmoqda.
Nasiba To'xtayeva


