“Al-Nasr” jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Forbes jurnali talqiniga ko‘ra dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Ro‘yxat nashrning rasmiy saytida eʼlon qilingan.
Saudiyalik hujumchi bir yil ichida 260 million dollar ishlab topdi. Shundan 200 million dollari futbolchining klubdagi maoshi, qolganlari esa reklama shartnomalaridan tushgan daromad hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich futbolchilar uchun rekord sanaladi.
Ikkinchi o‘rinda ispaniyalik golfchi Jon Ram joylashgan. U bir yilda 218 million dollar ishlab topgan. Kuchli uchlikni Amerikaning “Inter Mayami” klubida to‘p surayotgan argentinalik futbolchi Lionel Messi yakunladi. Uning 12 oylik maoshi 135 million dollarni tashkil qilgan.


