1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashishdi

Bunga BAA vositachilik qilgan.

Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashishdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan harbiy asirlar almashinuvi o‘tkazilganini eʼlon qildi.

 

"Rossiya Qurolli kuchlarining 150 nafar harbiy xizmatchisi qaytarildi, Kiyevga Ukraina Qurolli kuchlarining 150 nafar askari topshirildi. Rossiyalik harbiylar hozir Belarus hududida, ular tez orada Rossiyaga yuboriladi", deyiladi vazirlik xabarida.

 

Asirlar almashinuvi Birlashgan Arab Amirliklari vositachi sifatida ishtirok etgan. Ukraina tomoni bu bo‘yicha hali izoh bermadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика