1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Serxio Aguero “Barselona”dan noroziligini bildirdi

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Serxio Aguero Kataloniyaliklar va Manchesterliklar o‘rtasidagi farqlar haqida gapirdi.

Serxio Aguero “Barselona”dan noroziligini bildirdi

 

 

Argentinalikning so‘zlariga ko‘ra, u jamoaning mashg‘ulotlarga bo‘lgan yondashuvidan norozi.

 

“Biz, odatda, «Man Siti»ning rasmiy mashg‘ulotlariga kamida bir yarim soat oldin borardik. Men bu yerdagi sport zalida ham shunday muhit shakllanganmi deb o‘yladim va mashg‘ulot bazasiga bir soat oldin yetib bordim. Ammo hayratda qoldim, chunki hali zalning yoritish chiroqlari ham ishlatilmagan edi”, - deydi futbolchi o‘z nutqlaridan birida.

 

Maʼlumot uchun, Aguero iyun oyining boshlarida “Barsa” futbolchisi sifatida tanishtirilgandi. Biroq sportchi mashg‘ulotlarda olgan jarohati sababli, jamoa safidagi ilk debyutini o‘tkaza olgani yo‘q.

 

Messi bilan birga o‘ynash orzusida Ispaniyaga kelgan “shaharliklar” afsonasi jamoa Leoni qo‘yib yuborganidan norozi ekanligini ham bildirgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselonaning tugatolmay qolgan transferi haqida xabar bergandik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика