O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga bordi.
Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Tatariston Bosh vaziri Aleksey Pesoshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazadi.
So‘ng yetakchilar 21 fevral – 3 mart kunlari Qozonda o‘tkaziladigan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadilar.


