1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shimoliy Koreya qachon Seul bilan aloqalarni qayta tiklaydi? Kim Chen In javob berdi

Kim Chen In Janubiy Koreya bilan aloqalarni qayta tiklashga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda “Renxap” nashri xabar berdi.

Shimoliy Koreya qachon Seul bilan aloqalarni qayta tiklaydi? Kim Chen In javob berdi

 

 

Shu mazmundagi bayonot bilan u KXDR Oliy Xalq Majlisining beshinchi sessiyasida chiqish qilgan. Maʼlum qilinishicha, Seul va Pxenyan o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa tizimi oktabr boshlaridayoq qayta tiklanishi mumkin. Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, bu Koreya yarimorolidagi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga va tinchlik o‘rnatilishiga olib keladi.

 

Shuningdek, KXDR yetakchisi AQSH bilan munosabatlarga to‘xtalib o‘tdi. U Vashingtonning muloqotga oid taklifini rad etib, buni dushmanlikni yashirishga qilingan harakat sifatida baholadi. Kim Chen In AQSH  Shimoliy Koreyaga nisbatan munosabatini o‘zgartirmaganini taʼkidlagan.

 

Avvalroq Kim Chen Inning singlisi tinchlik shartini maʼlum qilgandi. Shuningdek, Shimoliy Koreya yangi raketa sinovlari o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика