Bugun, 29 may kuni Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi.
Ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yana-da qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, “Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishi”da harakatga chiqariladi.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasining barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini taʼminlash yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida Toshkent jamoat transporti tizimini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgandi. Unda Toshkent metropoliteni uchun 11 ta yangi metro poyezdini (44 ta vagon) xarid qilish belgilangandi.


