1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda yuz bergan YTHda 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Toshkentda 20 yoshli haydovchi “Damas”da 4 nafar maktab o‘quvchisini urib yubordi. Ulardan biri shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda yuz bergan YTHda 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi

 

Maʼlum qilinishicha, voqea 2-oktabr kuni, taxminan, soat 15:00 da Yangihayot tumanidagi Chinor va Polvonyor ko‘chalari kesishmasida yuz bergan. 20 yoshli A.K. “Damas”ni ishonchnoma asosida haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan voyaga yetmagan piyodalarni urib yuborib, “Nexia” bilan to‘qnashgan.

 

Baxtsiz hodisa oqibatda 10-sinf o‘quvchilari — 2005-yilda tug‘ilgan Gleb K., 2005-yilda tug‘ilgan Sarmat M. va 2006-yilda tug‘ilgan Temur X. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ikkala avtomobil haydovchilari ham shifoxonaga yetkazilgan.

 

Taʼkidlanishicha, yana bir piyoda — 10-sinf o‘quvchisi 2004-yilda tug‘ilgan Artyom Y. YTH oqibatida yetgan badan shikastlari tufayli shifoxonaga yetkazish davomida vafot etgan.

 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda voqea yuzasidan  tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Qumqo‘rg‘on tumanida 5 yoshli qizcha avtohalokat sabab vafot etgani, Namanganda 3-sinf o‘quvchisi YTH oqibatida shifoxonada vafot etgani hamda Toshkent viloyatida “Jiguli” haydovchisi 2-sinf o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика