Turkiyaning Chorum shahrida ikki yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Kuchli to‘qnashuv natijasida mashinalardan birida bo‘lgan voyaga yetmagan bola avtomobil oynasidan uloqtirildi.
Yaxshiyamki, bola jiddiy jarohat olmagan. Avtohalokatda jami yetti kishi jabrlangan, ularning hammasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mahalliy huquq-tartibot organlari voqea sabablari bo‘yicha tergov olib bormoqda. YTH tafsilotlari va aybdor shaxslar to‘g‘risida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.


