"Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas "Barselona" futbolchisi Lamin Yamalni Ronaldinyo bilan solishtirdi .
“Laminning qilgan ishi menga faqat Ronaldinyoni eslatadi. Uning driblingi va harakati butunlay unga o'xshaydi. Bu bola 16 yoshida oddiy emas edi. U kelajakda afsonaga aylanishi mumkin", - dedi Kasilyas.
Yamal kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2023-yilning yozida "Barselona"ning asosiy jamoasiga qo'shilgan. Joriy mavsumda 16 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra, futbolchining narxi 60 million yevroni tashkil qiladi.


