1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“UzAuto Motors” “Chevrolet Lacetti”larini nega don omborlarida saqlayapti?

“UzAuto Motors” chip yetishmasligi tufayli avtomobillarini “O‘zdonmahsulot” omborlarida saqlashga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda “Spot.uz” xabar berdi.

“UzAuto Motors” “Chevrolet Lacetti”larini nega don omborlarida saqlayapti?

 

 

Unda aytilishicha, deyarli tayyor mashinalar chip kelishini kutmoqda. Zavodda esa ularga joy yetmayapti.

 

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, “Asaka” zavodida har kuni 250-300 ta “Chevrolet Lacetti” avtomobili ishlab chiqariladi. Biroq elektron komponentlarning  yetishmasligi sababli ularni isteʼmolchilarga yuborib bo‘lmayapti.

 

Hatto kichik bir detalning yo‘qligi ham tayyor mahsulot ishlab chiqarishga imkon bermaydi. Shu bois deyarli tayyor avtomobillar omborga jo‘natilmoqda.

 

Zavodda tayyor mashinalar uchun joy tugaganligi sababli kompaniya “O‘zdonmahsulot” bilan mashinalarni vaqtinchalik saqlash to‘g‘risida kelishib olgan.

 

Yangi elektron qismlar kelishi bilan avtomobillarga o‘rnatiladi. Shundan so‘ng xaridorlarga yetkazilishi aytilmoqda.

 

Maʼlumot uchun: yil boshidan beri jahon iqtisodiyoti yarimo‘tkazgichlar tanqisligiga duch keldi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning hech biri ana shunday muammodan chetda qolmadi. Misol uchun “AvtoVAZ” radio- magnitofonsiz mashinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. GM esa AQSHdagi zavodlari ishini to‘xtatdi.

 

Mikrosxemalar muammosi O‘zbekistonga ham taʼsir ko‘rsatdi. Shu bois “UzAuto”  mart oyi boshida avtomobillarni yetkazib berish kechikishi haqida ogohlantirgandi. Elektron qismlar yetishmasligi, ishlab chiqarish platformasining yangilanishi tufayli yozda avtomobil ishlab chiqarish keskin kamaydi. Avgust oyiga kelib zavod atigi ikkita Lacetti ishlab chiqargan.

 

Minglab odamlar avtomobilni sotib olish uchun navbatga yozilgan. “O‘zavtosavdo” botidan olingan maʼlumotga qaraganda, 14 oktyabr holatiga ko‘ra “Chevrolet Lacetti” uchun navbat 37 080 tani tashkil qilgan. – deb izoh beriladi “Spot.uz” saytida.

 

Bundan avval "UzAuto Motors" “Spark” va “Lacetti” avtomobillarini vaqtincha ishlab chiqarish to‘xtatilganligi haqidagi maʼlumotni tasdiqlagani, avtosalonlarda yuzlab shartnoma tuzib qo‘yib, “navbat” sotayotganlarni insofga chaqirayotgani hamda “Chevrolet Lacetti” avtomobili ishlab chiqarish hajmini oshirilgani haqida xabar berilgandi

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика