1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Varan 31 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

Uning yangi ish joyi ham aniq bo‘ldi.

Varan 31 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

 

Rafael Varan "Real"ni tark etayotganda atigi 28 yoshda edi. Uning Serxio Ramos bilan birga himoya chizig'idagi o'yini jamoasiga ko'plab sovrinlarni keltirdi. O'sha vaqtda fransiyalik futbolchining shartnomasi yakuniga yetayotgan edi. "Real"ga Varan kerak bo'lsa, u bilan albatta kelishuvga erishardi. Biroq, Madrid jamoasi 40 million yevro evaziga Varanni "Manchester Yuneyted"ga sotib yuboradi.

 

Shundan so'ng oradan uch yil o'tdi va fransuz futbolchisi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. U Chempionlar ligasining to'rt karra g'olibi, jahon chempioni va sayyoramizning eng yaxshi himoyachilaridan biri sifatida "Yunayted"ga ko'chib o'tgandi. Varan ayni paytda bor-yo'g'i 31 yoshda. "Komo"dagi debyut o'yinida yana jarohat olganidan so'ng u barchasiga tan berdi.

 

Agar Varan "Real"ni tark etmaganida uning faoliyati qanday kechgan bo'lardi. Afsuski bu jumboqligicha qoladigan bo'ldi. "Manchester Yunayted"ga o'tishdan oldin La Liganing ketma-ket uch mavsumida kamida 30 ta o'yinda maydonga tushdi. Premyer-ligada uch mavsum davomida u 24 o'yinda ishtirok etdi. O'tgan mavsumni hisobga olsak, Rafael jamoaning barcha muammolariga qaramay, "Yunayted"da sifatni ta'minladi. O'zining noyob moslashuvchanligi tufayli u Maguayr, Lindelof va Martines bilan tushunib harakat qildi. Ammo jarohatlar uning sport formasiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Balki, agar Varan Ispaniyada qolganida, u kamroq jarohat olishi ham mumkin edi. Premyer-ligada futbol ancha og'irroq va bu, albatta, fransiyalik futbolchi faoliyatini erta yakunlashiga ta'sir qildi.

 

Varan juda moslashuvchan futbolchi edi va himoya markazida turli o'yinchilar bilan o'ynay olardi. "Real Madrid"da u Serxio Ramos bilan himoyani mustahkamladi. Fransiya terma jamoasi bilan ikkita jahon chempionati finalida o'ynadi. 2018-yilda - Samuel Umtiti bilan, 2022-yilda - Dayo Yupamekano bilan jamoasining himoya chizig'ida harakat qildi. U futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagan bo'lishi mumkin, lekin futbol bilan xayrlashgani yo'q. Insayder Fabritsio Romano fransiyalik futbolchi "Komo" klubida ma'muriy lavozimda qolishini ma'lum qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика