"Yigitlar chinakam jamoaviy ruhni namoyon etishdi"

Timur Kapadze Ispaniya bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrini bildirdi

"Yigitlar chinakam jamoaviy ruhni namoyon etishdi"

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parijdagi Olimpiadada Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

 

“O‘yindan mamnunman. Yigitlar matonat va chinakam jamoaviy ruhni namoyon etishdi. Raqiblarimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri edi. Ammo so‘nggi daqiqalargacha qattiq kurash olib borildi. O‘yinda biz barcha o‘zbekistonliklarning qo‘llab-quvvatlashini his qildik. Jamoaga ishongan barchaga rahmat aytamiz!” - dedi Timur Kapadze.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Ispaniya bilan o‘yinda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Guruhning ikkinchi juftligida Misr va Dominikan Respublikasi jamoalari murosa yo‘lini (0:0) tanladi. Timur Kapadze shogirdlari 2-turda Misrga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 27-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика