
Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi. Unda kurashchilarimiz Elmurat Tasmuradov va Mo‘minjon Abdullayev birinchilardan bo‘lib bellashuvlarga kirishadi.
Bir oz avval ushbu vakillarimiz ishtirok etadigan vazn toifalari uchun qurʼa tashlash marosim bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Tasmuradov musobaqani Ukraina, Abdullayev esa Estoniya vakillariga qarshi boshlaydi.
Avvalroq dzyudochilarimizning jamoaviy bahslarda niderlandiyaliklarga imkoniyatni boy bergani va musobaqani yakunlagani haqida xabar qilgan edik.


