1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Zangiotadagi shifoxonalarga ichimlik suvi yetishmayapti. Volontyorlar xayriya aksiyasiga qo‘l urdi

Volontyorlar Zangiotadagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan kasalxonalarga suv sotib olish uchun mablag‘ yig‘ishni yo‘lga qo‘ydi. Bemorlarning qarindoshlari maʼlum qilishicha, favqulodda suv yetishmovchiligi mavjud, deb yozadi Facebook‘dagi Viktor Drukker ismli foydalanuvchi.

Zangiotadagi shifoxonalarga ichimlik suvi yetishmayapti. Volontyorlar xayriya aksiyasiga qo‘l urdi

 

 

«Zangiotadagi kasalxona shifokorlariga kichik, ammo bemorlar uchun muhim bo‘lgan muammoni hal etishga kuchimiz yetadi. Va bu ajablanarli emaski — suv. Oddiy ichimlik suvi, siz har kuni muzlatkichdan oladigan, yoki do‘kondan xarid qiladigan, kulerdan stakanga quyiladigan suv. Atrofga qaramay ichasiz. Ularda esa favqulodda suv tanqisligi kuzatilmoqda. Mavjud suv — biz kundalik hayotda jo‘mrakdan oqadigan ‘qattiq‘ deb atovchi suvimiz bo‘lib, uni qaynatishga ulgurishmayapti. Qaynatilmagan va qayta ishlmanmagan suv tabiiyki kuchsiz organizmga zarar yetkazadi, aks holda butilkadagi filtrlangan suvni nega xarid qilardik?!», — deya murojaat qiladi Facebook‘dagi faollar.

Taʼkidlanishicha, Zangiotadagi kasalxonada davolanayotgan bemorlarni ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun har kuni 300 blok suv kerak — bu 4 million so‘mga yaqin pul degani.

Ushbu xabarni yozish vaqtida yig‘ilgan mablag‘ 3,3 million so‘mdan ortiqni tashkil etgan, volontyorlar suvning birinchi partiyasini yetkazib berishni tashkillashtirgan.

Xabarda taʼkidlanishicha, hozirda bir butilka suvni bir kunda uch kishi ichmoqda. Shuningdek, volontyorlarning qo‘shimcha qilishicha, suv bilan bog‘liq taqsimlash markazlari — “O‘zekspomarkaz”, “Yoshlik” va “Universal” sport komplekslarida ham kuzatilmoqda.

Mablag‘ yig‘ilayotgan plastik kartaga oid maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика