Namanganda 12 yoshli qiz qidirilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Katta Farg‘ona kanaliga tushib ketgan namanganlik 12 yoshli qizchaning jasadi qidirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi


Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa 1 iyul kuni sodir bo‘lgan. Davlatobod tumani “Yuqori G‘irvon” mahallasida yashovchi 12 yoshli N. K. kanal bo‘ylab velosiped haydab ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan va suvga tushib ketgan.
Shu kunning o‘zida viloyat FVB qutqaruv otryadi qidiruv ishlarini boshlagan.
Qidiruv ishlari hamon davom etmoqda.







