Jamiyat

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Qirg‘izistonga safari davomida ikki tomon o‘rtasida o‘ndan ortiq shartnomalar imzolandi

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Iqboljon Ergashev boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonning Norin viloyatida bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Qirg‘izistonga safari davomida ikki tomon o‘rtasida o‘ndan ortiq shartnomalar imzolandi

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Iqboljon Ergashev boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonning Norin viloyatida bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Qirg‘izistonning Norin viloyatiga safari davomida o‘ndan ortiq kelishuv va bitimlar tuzilgan.

Norin viloyati gubernatori Sobirqul Ashimbayev hamda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Iqboljon Ergashev tomonidan ikki viloyat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

 

Shundan so‘ng “Norin” erkin iqtisodiy zonasi hamda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, Norin shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro universiteti hamda Farg‘ona davlat universiteti o‘rtasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, Farg‘ona va Norin viloyatlari o‘rtasida qo‘shma turizm loyihalarini shakllantirish yuzasidan memorandumlar imzolangan.

Har ikki viloyat tadbirkorlari va ishbilarmonlari ishtirok etgan biznes forumi ham samarali o‘tgan. Forumda savdo, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik sohalarida qator kelishuvlarga erishilgan.

Xususan, Toshloq, Quva, Farg‘ona tumanlari, Quvasoy shahri ishbilarmonlari qirg‘izistonlik hamkorlar bilan eksport-import va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishlarida muhim shartnomalar tuzishgan.

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi rahbari Farrux Rahmonovning maʼlum qilishicha, qirg‘izistonlik tadbirkorlar bilan 2021 yil davomida 10 million dollar miqdoridagi mahsulotlar uchun shartnomalar imzolangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"