0

Jarqo‘rg‘on tumanida zaxiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida aslida tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 0,25 gektar yerni fuqaro A. ga firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, tuman kadastr va davlat xizmatlari markazida ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 70 mln so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jarqo‘rg‘on tumanida zaxiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

 

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"