Xaridorga choy sodasini kimyoviy modda sifatida o‘tkazayotgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda DBQning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o'tkazildi.


Tadbirda fuqaro M.A. va M.D.lar noqonuniy daromad orttirish maqsadida xaridor A.ga choy sodasini “Germaniy” nomli kimyoviy moddasi deb aldab, 56 kg choy sodasini 78 400 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







