0

Yer sotmoqchi bo‘lgan firibgar kirdikori fosh etildi

Mamlakatimizda yerlarni noqonuniy sotish bilan bog‘liq holatlar uchramoqda. Bu kabi jinoyatning oldini olish, bartaraf etish maqsadida huquq-tartibot organlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida aslida tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 0,25 gektar yerni fuqaro A.ga firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, tuman kadastr va davlat xizmatlari markazida ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 70 million so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

 Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 Shu o‘rinda aytish joizki, yer uchastkalarini faqat "E-IJRO AUKSION" yagona savdo maydonchasida elektron savdolar orqali olish mumkin.  

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"