Jamiyat

Endi korrupsionerlarga belgilangan jazo yengillashtirilmaydi

Kecha AOKAda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz muhit yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish”ga qaratilgan Prezident Farmoni va qarori mazmun-mohiyati hamda ahamiyati mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy Sud va Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi vaktllari ishtirok etishdi.

Endi korrupsionerlarga belgilangan jazo yengillashtirilmaydi

 

 

Anjumanda so‘zga chiqqan Adliya vaziri Ruslan Davletov korrupsiyaga qarshi uch yilda bir marta majburiy o‘qitish tizimi joriy etilishini maʼlum qildi. O‘qitish tizimi bo‘yicha alohida platforma ishga tushiriladi va unda barcha davlat xizmatchilari o‘qitiladi.

 

Endilikda korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha OAV vakillariga va jamoatchilikka maʼlumot berish aniq muddatlari ishlab chiqiladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktori Akmal Burhonov maʼlumot berdi. Bundan tashqari, har chorak yakunida Korrupsiyaga qarshi kurash milliy kengashiga davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha axborot kiritib boriladi.

 

Oliy Sud raisi O‘rinbosari Ikram Muslimovning maʼlumot berishicha, endilikda korrupsionerlarga nisbatan belgilangan jazoni o‘tashida yengillik berilmaydi. Muslimov bu oxirgi chora sifatida qo‘llanilayotganligi va masalaning naqadar dolzarbligiga eʼtibor qaratdi. Endilikda korrupsionerlar muddatidan oldin ozodlikka chiqarilmaydi, ularga begilangan jazo yengiliga almashtirilmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"