Xizmat itlari yordamida yil boshidan buyon 98 kg turli giyohvandlik vositalari aniqlangan va yo‘q qilingan
Bojxona xizmati kata leytenanti Muhammadjon Abdurashidov maʼlumotiga ko‘ra O‘zbekistonga yil boshidan buyon 98 kg turli giyohvandlik vositalarini olib kirilishi oldi olingan va yo‘q qilingan.


Bundan tashqari 8 ta o‘qotar qurol, 328 ta o‘qdorilar, 199 ta gilza, 87 kg porox va 2 ta kapsulalar ham aniqlangan. Ularni yengil va yuk avtomobillarida, xalqaro pochta xizmatlari, yo‘lovchilarning qo‘l va yuk bagajlari orqali olib o‘tish vaqtida qo‘lga olingan.
Ushbu holatlarning barchasi Davlat bojxona qo‘mitasiningMilliy kinologiya markazi tomonidan o‘rgatilgan xizmat itlari yordamida aniqlangan. Milliy kinologiya markazi1996 yil 24 oktyabrda Vazirlar Mahkamasining 364-son qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, kinologiya sohasi mutaxassislari va xizmatitlarini tayyorlovchi asosiy maskan hisoblanadi.
- kinologlarni turli yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy hamda xizmatga yangi qabul qilingan kinologlarni (yo‘nalishidan kelib chiqib, 2 oydan 6 oygacha) boshlang‘icht ayyorgarlikdan o‘tkazish;
- kinologlarning muntazam ravishda malakasini oshirish, qayta tayyorlash (har bir kinolog biriktirilgan xizmat iti bilan har yili ikki haftalik o‘quv kursidan o‘tkaziladi);
- zotdor itlarni tanlab olish, nasl ko‘paytirish hamda ularni kinologiya xizmatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rgatish, markaz zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalardir.
Bugungi kunda kinologlar tomonidan xizmatga o‘rgatilayotgan itlar soni 100 taga yetdi. Markazda giyohvand vositalarni qidirish, qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moddalar, tamaki mahsulotlari, noqonuniy valyutalarni qidirish, qidiruv-qutqaruv xizmati, mina qidiruv xizmati, iz qidiruv va antiterror hamda o‘simlik va o‘simlik urug‘larini qidirish yo‘nalishi bo‘yicha xizmat itlari va kinologlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.
Yulduz Rustamova







