Jamiyat

Buxoroda BuxDUga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib $4 ming olgan firibgar ushlandi

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tadbirda o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan o‘qituvchi va uning sherigi ushlandi.

Buxoroda BuxDUga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib $4 ming olgan firibgar ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.A. Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi B.O‘. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro R.ni vakolatli tanishlari orqali ushbu taʼlim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga boshqa bir fuqaro Sh.orqali 4 000 AQSH dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.  

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Buxoroda BuxDUga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib $4 ming olgan firibgar ushlandi | Zamon.uz