Jamiyat

Instagramdagi firibgar qo‘lga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni “chuv tushirgan” shaxs ushlandi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Instagramdagi firibgar qo‘lga tushdi

Qashqadaryolik talaba qiz instagram ijtimoiy tarmog‘idagi telefonlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi saxifada qo‘yilgan eʼlon orqali Ayfon X rusumli telefon apparatini kreditga sotib olish uchun dastlab 150 AQSH dollari to‘lagan. 3 kundan so‘ng unga eʼlon egasi qo‘ng‘iroq qilib, Aksiyada g‘olib bo‘lgani yana 430 AQSH dollari to‘lasa Ayfon 12 pro maksga ega bo‘lishini aytadi.


Jabrlanuvchi qiz: 3 kundan so‘ng menga jami 580 AQSH dollari bersang ham Ayfon X, ham Ayfon 12 pro maks olasan, dedi. Rozi bo‘lib unga kelinoyim orqali 130 dollar, opam orqali 200 dollar berdim. 


Oradan 1 hafta o‘tgach talaba qiz  telefon apparatini olishi lozim edi. Ammo hammasi shundan so‘ng boshlandi. Eʼlon egasi qizga turli bahonalar bilan telefon apparatini berishni paysalga soladi. Lekin pulni ham qaytarishni hohlamaydi.
  Jabrlanuvchi qiz:  Bir hafta o‘tdi, bo‘lmadi. Telefonni so‘rasam, akam “tamojniy”da ishlaydi. Hozir tovar o‘tmayapti, sal kutib tur, dedi. Keyin yana bir hafta kutdim. Javob kelmadi. So‘ng aldanganimni bildim. Telefonlarimga javob bermay, meni haqoratli so‘zlar bilan kamsita boshladi.  


Pul mojorosi sabab eʼlon egasi bo‘lgan yigit bilan gaplashib turgan qizning shaxsiy hayotida ham kutilmagan o‘zgarishlar bo‘lib ketdi. Turmush qurmoqchi bo‘lgan yigiti u bilan munosabatlarini uzadi.


Jabrlanuvchi qiz: Telefon raqamim bo‘lajak turmush o‘rtog‘imga ulangandi. Bir kun u telefon qilib u bolaning kimligini so‘radi, qo‘rqdim. Yolg‘on gapirib, o‘rtog‘im dedim. Meni eng katta qilgan xatoyim shu, aslida: aldaganim.

 
Ushbu voqealardan so‘ng talab qiz Toshkentga kelib ichki ishlar organlariga murojaat qiladi. Olib borilgan surishtiruvlar natijasida instagram ijtimoiy tarmog‘idagi eʼlon egasi ilgari ham sudlangan Abdullaxo‘ja ismli shaxs bo‘lib chiqdi. 
A.Xusanxo‘jayev: U qiz bilan telefon orqali gaplashib yurdik. Orada qandaydir tushunmovchilik bo‘lib, yolg‘on aralashib qoldi. Pulini qaytarib berishimni aytganman. 


Ushbu shaxs talaba qizdan tashqari toshkent shahridan  bo‘lgan bank xodimini ham xuddi shu yo‘l orqali ishonchiga kirib undan ham 400 AQSHsh dollari olgani maʼlum bo‘ldi.


Xozirda Abdullaxo‘ja Xusanxo‘jayevga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan bo‘lib, undan jabr ko‘rganlar bo‘lsa 102 raqami yoki yaqin oradagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari mumkin. 


Toshkent shahar IIBB fuqarolardan internet tarmoqlari orqali onlayn savdolarda ehtiyot bo‘lishlarini so‘raydi. Agarda sizga mahsulotlarni o‘z narxidan arzon  taklif qilayotgan bo‘lsa, yoki turli aksiyalar orqali chegirmalar bo‘layotganini aytib shoshirishsa bilingki bu katta ehtimol bilan firibgarlikdan darak beradi. Har qanday onlayn savdolarda birinchi navbatda ushbu eʼlon egalarining sertifikatini, do‘konlar manzilini ko‘rib, qo‘ng‘iroq qilib aniqlashtirib olsangiz bu foydadan holi bo‘lmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"