Jamiyat

MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatda vafot etdi

O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi.

MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatda vafot etdi

 

 

Zamon.uz manbasi tomonidan yetkazilgan fotolarga ko‘ra, BMV rusumli avtomobildan marhum Murod Xonto‘rayevning haydovchilik guvohnomasi va avtomobilning texnik hujjatlari ham chiqqan. Sportchi boshqaruvida bo‘lgan avtomobil esa voqea sabab jo‘horizorning o‘rtasida ko‘ndalang turib qolgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra harakat tezligi yuqori bo‘lgan.

 

 

“Gentra” haydovchisining aytishicha, sportchi bo‘lgan mashina juda yuqori tezlikda harakatlangan. Yon tomonga urilib, mashina va haydochi turli tomonlarga uchib ketgan.

 

 

 

Maʼlumot o‘rnida, jahon chempioni Murod Xonto‘rayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U o‘zining professional karerasini 2013 yilda boshlagan. Murod Igor Chernavskiy, Aslanbek Xasikov, Nikita Radchuk kabi raqiblar bilan janglarda uchrashgan. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"