0

Tolyattidagi xostelda 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlandi

Taʼkidlanishicha, Tupikov tor ko‘chasidagi xostelda O‘zbekiston fuqarolari yashab kelgan.

Tolyattidagi xostelda 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlandi

 

 

Samara viloyatidagi Tolyatti shahrida joylashgan xostelda 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlandi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 20 iyulga o‘tar kechasi Tolyattidagi xostelda yashovchi 23 nafar xorij fuqarosida ommaviy kasallanish kuzatilgan. Natijada ularning 13 nafari zaharlanish belgilari bilan 5-sonli Tolyatti klinik shifoxonasiga yotqizilgan, hozirda ularda ahvoli qoniqarli deya baholanmoqda.

Taʼkidlanishicha, Tupikov tor ko‘chasidagi xostelda O‘zbekiston fuqarolari yashab kelgan.

Tolyatti Markaziy tuman prokurori Ramis Sabirzyanov tekshiruv davomida chet el fuqarolari uchun yashash ham ovqatlanishni tashkil qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining faoliyatiga qonuniy baho beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning iyulida Rossiyaning Samara viloyatida 46 nafar o‘zbekistonlik zaharlangan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Tolyattidagi xostelda 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlandi