Jamiyat

“Qamchiq”da “Neksiya” yo‘lovchisi pastlikka tushib ketdi

Bugun, 24 iyul kuni soat 05:40da “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatiga A-373 «M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali – O‘sh» avtomobil yo‘lining 234-kilometrida fuqaroning pastlikka tushib ketgani to‘g‘risida xabar berilib, yordam so‘ralgan.

“Qamchiq”da “Neksiya” yo‘lovchisi pastlikka tushib ketdi

 

 

Aniqlanishicha, “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida to‘xtab turgan “Neksiya” rusumli avtomashina yo‘lovchisi yo‘lning chekka qismida ehtiyotsizligi sababli taxminan 50-60 metr pastlikka tushib ketib, turli darajada tan jarohatlari olgan.

 

 

Qayd etilishicha, voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar yetib borib, maxsus texnikalar yordamida jabrlangan fuqaroni pastlikdan olib chiqishdi va tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirishdi.

 

Ayni vaqtda jabrlanuvchiga Namangan viloyati Pop tumani markaziy shifoxonasi xodimlari tomonidan malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Uning ahvoli o‘rta darajada deb baholangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“Qamchiq”da “Neksiya” yo‘lovchisi pastlikka tushib ketdi