Jamiyat

Qoraqalpog‘istonda Qozog‘iston fuqarosi YTHga uchrab, vafot etdi

Harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotishi YTHga sabab bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda Qozog‘iston fuqarosi YTHga uchrab, vafot etdi

 

 

Qoraqalpog‘istonda Qozog‘iston fuqarosi boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Maʼlum qilinishicha, 21 iyul kuni soat taxminan 14:00 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida vaqtincha yashovchi Qozog‘iston fuqarosi Toyota Land Cruiser avtomobilida YTHga uchragan.

YTHga harakatlanish vaqtida haydovchining rul boshqaruvini yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

Yo‘l chetiga ag‘darilib ketishi natijasida haydovchi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Avtomobilda boshqa yo‘lovchilar bo‘lmagan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"