Jamiyat

72 nafar yurtdoshimiz Rossiyada qishloq xo‘jaligi ishlariga joylashtirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Federatsiyasi korxonalari o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan, 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi aviareys orqali qishloq xo‘jaligi ishlarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tartibda mazkur davlatga jo‘nab ketdi.

72 nafar yurtdoshimiz Rossiyada qishloq xo‘jaligi ishlariga joylashtirildi

 

Shuningdek, Sirdaryo viloyatidan 31 nafar fuqaro Kaluga viloyatidagi qurilish obyektlarida ishlash uchun yuborildi.

Tadbirda xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat qurboni bo‘lib qolishning oldini olish maqsadida tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

72 nafar yurtdoshimiz Rossiyada qishloq xo‘jaligi ishlariga joylashtirildi