Jamiyat

Mehnat migrantlarining Rossiyaga kirishi soddalashtiriladi

Yaqin oylarda mehnat migrantlarining Rossiyaga kirishi soddalashtiriladi.

Mehnat migrantlarining Rossiyaga kirishi soddalashtiriladi

Hozirda Rossiyada millionlab mehnat migrantlariga ehtiyoj sezilmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullinning “Instagram”dagi bevosita efirda aytishicha, bu qaror qurilishlardagi ishchi kuchi defitsiti bilan bog‘liq tarzda chiqariladi.

Uningcha, qurilishlarda 1,5-2 million ishchiga ehtiyoj kuchli.

“Masalaga yechim topishga harakat qilamiz. Ishchilar olib kelinishi kerak. O‘ylaymanki, yaqin oylarda ularni olib kelish tartibini soddalashtiramiz”, deydi bosh vazir o‘rinbosari.