Yunusoboddagi kafelarning birida yong‘in chiqdi
Toshkent shahri Yunusobod tumani 5-mavzeda joylashgan kafelarning birida yong‘in chiqdi, deb xabar beradi Telegram‘dagi TashkentLand kanali.


Maʼlum qilinishicha, yong‘in yuzaga kelgan kafe yonida “Mustang” avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi va 17-sonli shifoxona joylashgan.
Yong‘inni o‘chirishga o‘t o‘chiruvchilar xizmati jalb etilgan.
Holat bo‘yicha hozircha rasmiy izoh berilmagan.







