Jamiyat

Perevalda boshqaruvni yo‘qotgan “Kaptiva” haydovchisi YTHga uchradi

Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda “Perevalda hozirgina YTH sodir bo‘ldi" sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi.

Perevalda boshqaruvni yo‘qotgan “Kaptiva” haydovchisi YTHga uchradi

 

 

Zamon.uz muxbiri Toshkent shahar IIBB YHX boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Rustam Asqarov bilan bog‘landi.

Maʼlum bo‘lishcha, 27 iyul kuni soat 14:20 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 215-kilometrida “Kaptiva” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib transport vositasi ag‘darilgan.

Natijada, mazkur avtomobil haydovchisi va 4 nafar yo‘lovchisi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

YTH yuzasidan hududiy IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"