Jamiyat

Pnevmoniya bilan kurashayotgan jami bemorlar soni ochiqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi shu yilning 5 iyulidan O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish holatlari bilan birga pnevmoniya aniqlangan bemorlar haqida ham maʼlumot berishni boshlagandi.

Pnevmoniya bilan kurashayotgan jami bemorlar soni ochiqlandi

 

 

Vazirlik matbuot xizmati mamlakatda pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlar haqida maʼlumotlar aks etgan batafsil jadvalni eʼlon qildi.

Unga ko‘ra, 5 iyuldan bugunga qadar 7 996 nafar bemorlarda pnevmoniya aniqlangan bo‘lsa, ularning 2 503 nafari sog‘ayib chiqqan. Ayni vaqtda 5500ga yaqin pnevmoniyaga chalinganlar mavjud.

Pnevmoniya holatlari ham kundan kunga ko‘payib bormoqda, 5 iyul kuni 172 kishida pnevmoniya qayd etilgan bo‘lsa, 26 iyulga kelib bu ko‘rsatkich 521taga yetgan.

Pnevmoniya bo‘yicha eng ko‘p holatlar Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"