Erim menga 17 marotaba pichoq sanchdi
Bugunga kelib zamondoshlar orasida virtual muloqotlar avj olayotgani xech kimga sir emas.

Albatta, bu ko‘pchiik uchun qulay imkoniyat yaratadi. Kimdir undan ijobiy maqsadlarda foydalanadi, kimdir esa qabi maqsadlarini amalga oshiriradi. So‘nggi vaqtlarda internet sabab gumrohlik girdobiga tushganlar, xatolari kasriga tinch oilalar ham parokanda bo‘lmoqda. Bugungi mavzuimiz aynan interen orqali tanishuvlar oqibatida tuzoqqa ilinganlar haqida.
Sevara, Piskent tumani, 33 yosh:
-Turmushimdan ajrashganman. Onam bilan yashayman. Obodonlashtirish boshqarmasida ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlayman. Internetdan doimiy foydalanaman.Do‘stlarim bilan muloqotda bo‘laman. Kunlarning birida Instagrammda Ibrohim ismli yigit bilan tanishib qoldim. Uni hayotda ko‘rmagan bo‘lsamda, telefon orqali gaplashib, shirin gapiga, soxta muhabbatiga aldanib qoldim. U menga o‘zini Andijondan ekanligini, uylanmaganini va xozirgi kunda IIB da faoliyat yuritishini aytdi. Menga hattoki IIB libosida tushgan suratlarini ham yubordi. Bir hafta davomida tunu- kun telefon orqali muloqotda bo‘ldik. Keyin esa u kutilmaganda Piskentga oldimga kelishini aytdi. Men unga kelmasligini, aksincha, o‘zim Andijonga o‘zim borishimni aytdim.
-Nega o‘zingiz bormoqchi bo‘dingiz?
-Chunki men birinchi turmushimdan ajrashganman. Agar mahallamga kelsa hamma men haqimda yomon fikrga borishi mumkin edi.
-Bir hafta davomida telegram orqali nimalar xaqida suxbatlashdingiz?
-U meni sharʼiy nikohiga olishini aytdi, sevib qolganiga ishontirdi.
-Sharʼiy nikohga olaman desa boraverdingizmi?
-Qanday qilib ishonib qolganimni o‘zim ham bilmayman.Mehrga zor edim, uning soxta mehri xaqiqatdek tuyuldi. Men erimdan juda ko‘p aziyat chekkanman. U bilan birga obodonlashtirish bo‘limida ishlar edik. Juda ko‘p spirtli ichimlik isteʼmol qilar edi. Meni bo‘lar -bo‘lmasga rashk qilib doim urardi. Oxirgi marta rashk sabab chiqqan bo‘lgan janjalda 17 joyimdan pichoqlagan, hozir qamoqda. Chiqsa meni albatta topadi, shundan qo‘rqaman. Menga himoyachi kerak edi. Real hayotda Ibrohimni ko‘rmagan bo‘lsamda, sevib qoldim.
Biz uning Jizzaxdagi kvartirasida ko‘rishishga kelishdik. Uchrashdik va ikki kun yigit bilan o‘sha uyda yashadik.Janjal keyin boshlandi. Ibrohim pul uchun Jizzaxga borganimni aytib, menga tuhmat qildi. Sizlarga murojaat qilishdan maqsad undan pul olmaganimni aytib, o‘zimni oqlash.
-Sizga uylandimi, o‘rtada yaqin munosabat bo‘ldimi?
Yo‘q,menga uylanmadi, lekin o‘rtada yaqin munosabat bo‘ldi.Ikki kun o‘tgach uyga akamlar kelyapti, ket, menga kerakmassan, deb uydan haydab chiqardi. Keyin men ham janjal qildim va mahalla profilaktika inspektorlarini chaqirdim.
- Nega birdan kerakmassan deb sizni xaydab chiqardi?
-Menga taklif qilgan narsasini rad ettim. Keyin meni o‘sha narsaga majburlamoqchi bo‘ldi. Men esa janjal ko‘tardim. Organ xodimi bizni idoraga olib ketdi, yigit esa qochib ketdi.
-Nimaga ishonib bu ishlarga rozi bo‘ldingiz, nega Jizzaxga bordingiz? Sizga uylanaman degan ekan, nega ota-onam bilan gaplashing demadingiz?O‘zingizdan ham xato o‘zizdan o‘tganini bilasizmi?
- Menga uylanishni aytib ishontirgan edida. Keyin bilsam, menga aytgan ismi ham, yoshi ham yolg‘on ekan. Lekin men buning uchun jahl qilmadim. Chunki o‘zim ham unga o‘zimni Mubina deb tanishtirdim, yoshimni 10 yosh kichik qilib ko‘rsatdim.
Sevara o‘z kechinmalarini so‘zlab berar ekan, mavjud muammo va kamchiliklarning yechimini topishda amaliy yordam so‘radi. Biz murojaatchining so‘zini diqqat bilan tingladik, unga yordam berishdan avval biz bilmagan yana qandaydir xaqiqatlar bormikin degan gumonda voqea tafsilotini batafsil bilish maqsadida yigit bilan bog‘landik.
Ibrohim:
-Men uni chaqirmaganman, o‘z keldi. Hamma narsani o‘zi boshladi. Men xohlasang kel, xohlamasang kelma dedim. Men bilan bir hafta oldin internetda tanishdi, telefon raqamingizni bering deb qo‘ymadi. Raqamimni bergan edim, bir xafta ichida menga yopishib oldi, oldingizga boraman deb quloq- miyamni yedi. Yana bir narsaga eʼtibor qaratishingizni xohlardim, menga behayo suratlar yubordi.
-Unga nikoxingizga olishingizni aytganmidingiz?
-Hech qachon aytmaganman.
-Nima sababdan Sevara militsiyaga qo‘ng‘iroq qilib ustingizdan shikoyat qildi?
-Kam pul berganim uchun. Meni uni ikki kunga pulga sotib olganman. U menikida yashadi, ovqatlandi, xarajat qildim, shunga umumiy summadan ushlab qoldim. Alam qilib janjal ko‘tardi, pulni to‘liq bermasang ustingdan zo‘rladi deb shikoyat qilaman dedi. Men esa nima qilsan qil dedim. Pulni to‘liq ololmagach o‘zicha taʼzirimni berib qo‘yish maqsadida mahalla noziriga telefon qildi. Agar o‘zi rozi bo‘lmasa men uni majburlamasdim. Bo‘ynidan arqon tortib Jizzaxdan sudrab olib kelmaganman.
Inoyat Qurbonova,mahalla faoli:
-Bu qiz bizda nazoratda turadi. Shu holat bo‘lishiga ham sharoitni o‘zi yaratib bergan. Biz bu qizni juda ko‘p bor tarbiyaga chaqirdik. Usha kuni shu yigitni ustidan shikoyat qilib mahallaga kelib janjal ko‘tardi. Tasavvur qiling, o‘zi bilmagan, tanimagan mutlaqo begona odamni uyiga borgan, bu aqlga sig‘maydi. Hayo, ibo, iffat qani? Ayol degani ham shunaqa bo‘ladimi? So‘rangchi, onasi yoki mahalla ko‘yning duosini oldimi ketishdan oldin? Onasining aytishicha, uydan o‘rtog‘imnikiga ketdim deb chiqib ketgan.
Ayol qulog‘i bilan yaxshi ko‘radi, degan gap bor. Aslida bu gapda jon bor. Birinchi taqdiri yaxshi bo‘lmagandan so‘ng albatta kimdandir mehr kutadi. Afsuski, Sevara ham o‘zi bilamagan xolda shirin gapga, sohta mehrga aldanib qoldi. Endi esa afsuski xatolarini tushunib ko‘z yosh to‘kayapti. Biz qaysidir maʼnoda uni tushunamiz, qachonki inson o‘z xatolarini anglab yetsagina hayoti yaxshi tomonga o‘zgaradi. Shunday ekan, buguni voqea boshqalarga ibrat bo‘lsin.
Yigitlarga aytadigan gapimiz bor - xoh u juvon bo‘lsin, xoh qiz bola, ularni aldashdan oldin ko‘z oldingizga opa-singilaringizni keltiring, ayollarning taqdiri bilan o‘ynashmang. Zero, u ham baxtli bo‘lishga xaqlidir.
Munojat Valiyeva







